13/09/2021

Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2021- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra 652 tani tashkil etib, ulardan 636 tasi yoki 97,5 %i faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 86 taga yoki 15,6 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

2021- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizda 65 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etildi.

Axborot xizmati

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech