20/09/2021

Joriy yilning 17- sentabr kuni Toshkent shahridagi “GRAND MIR HOTEL”da   – BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi(YUNFPA),  Oʻzbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan hamkorlikda  mamlakatimizda aholini roʻyxatga olish masalalarini OAVda yoritish boʻyicha jurnalist va blogerlar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

 

Seminarda shuningdek, viloyatlar statistika boshqarmalaridan Axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Treningning maqsadi aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishning ahamiyati va bu masalalarda jurnalist va blogerlarining mazkur mavzuda xabardorligini, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari oʻrtasida 2021- yilda sinov tariqasida oʻtkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbirini sifatli  media-kontent ishlab chiqarish borasidagi salohiyatini oshirishdan iborat.

Treningning birinchi qismida  MDH Statistika qoʻmitasi ijtimoiy-demografik statistika boshqarmasining boshligʻi Irina Zbarskaya va Aholini roʻyxatga olish boʻyicha YUNPFAning xalqaro eksperti, Galina Sherbakovalar  aholini roʻyxatga olish jarayonida fuqarolarning xabardorligini oshirishda OAVning roli haqida,  shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich, Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdikulov Kobil Gulamovichlar oʻz navbatida Oʻzbekistonda aholini roʻyxatga olishning huquqiy-meʼyoriy asoslari va sinov tariqasida roʻyxatga olish tadbiri toʻgʻrisida tushuncha berishdi.

Treningning ikkinchi qismida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining mediatreneri Nargis Qosimova tomonidan qatnashchilarga interaktiv tarzda aholini roʻyxatga olish boʻyicha tayyorlanadigan materiallardagi asosiy tushunchalar. Fake-news va faktchekking asoslari,  maqsadli auditoriyani aniqlash va u bilan ishlash usullari, jurnalist faoliyatida axloqiy meʼyorlar haqida  maʼlumotlar berildi.

Axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech