Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yil yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 13 171,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar- avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajm indeksi* 109,2 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarish tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi (95,2 %)ni tashkil etdi.
Jami sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatining - 9,7 % ga, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish sanoatining - 24,5 % ga hamda elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning -6,6 % ga o‘sishi kuzatildi. Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sanoatining - 22,5 % ga pasayish kuzatildi.
Axborot xizmati