31/07/2025

   Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-iyun oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 838,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 94,2 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 9,6 % ni tashkil etdi.

   Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining  76,3 % to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 116,3 % ni tashkil etgan holda 6 681,0 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

   Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 14,1 % ni yoki 1 234,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 172,9 % ni tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech