2021– yilning yanvar–sentabr oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Toyloq (3415 mlrd. so‘m) va Urgut (2542 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Samarqand shahri (203 mlrd. so‘m) va Kattaqo‘rg‘on shahrini (131 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Oqdaryo (104,5%), Paxtachi (104,2 %), Narpay (104,2 %), hamda Pastdarg‘om (103,2%) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati