Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 87,6 mln. AQSh dollari qiymatidagi 112,4 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinib, jami eksportning 26,8 % ini tashkil etdi. Bunda 2020- yilning mos davriga nisbatan 0,8 mln. AQSh dollarida kamayish kuzatilib, 0,9 % ga kamaydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 29,6 mln. AQSh dollariga teng 55,9 ming tonna sabzavot, shuningdek, 26,1 mln. AQSh dollari qiymatidagi 22,0 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Axborot xizmati