13/12/2021

Viloyat statistika boshqarmasida 2021- yilning yanvar- noyabr holatiga ko‘ra jismoniy va  yuridik shaxslardan 503 ta murojaatlar kelib tushgan.

Shu jumladan, kelib tushgan murojaatlarning 457 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlar, 46 tasi sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlar.

Kelib tushgan murojaatlarning mazmun - mohiyati yuzasidan qilingan tahlilga ko‘ra, 144 ta murojaatda statistik ma’lumotlar so‘ralgan bo‘lsa, 224 tasida tarmoq kodini almashtib berish, 18 tasida nom olish to‘g‘risida, 117 tasida boshqa turli masalalar yuzasidan murojaat qilingan.  

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarning jamiga nisbatan 193 tasi jismoniy shaxslar va  310 tasi yuridik shaxslarning murojaatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech