O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish, saylov qonunchiligi yo‘nalishlari” bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.
2021- yilning 17- dekabr kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumot berib o‘tildi.
Jumladan, “Ypshlar forumi-2021”, “Davlat xizmatchilarining etikasi” hamda hafta davomida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida.
Shuningdek, o‘quv soati O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan muhim jarayonlarga, xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.
Axborot xizmati