Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi - 4,8 % (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi - 100,0 %), metallurgiya sanoatining ulushi - 7,9 % (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi - 210,7 %), to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 23,9 % (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi - 120,8 %), oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi - 37,1 % (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi - 100,5 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi - 2,5 % (2020- yil yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi - 67,7 %) ni tashkil etdi.
Axborot xizmati