2021- yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 1 225,2 mln. AQSh dollarini va 2020- yilga nisbatan 119,1 % ni tashkil etdi.
Import tarkibida eng yuqori ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (29,8 %), kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (28,8 %) hamda sanoat tovarlari (20,1 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 196,9 mln. AQSh dollariga koʻpaydi va 1 223,8 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 1,4 mln. AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati