2022– yilning yanvar–mart oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Urgut (547 mlrd. so‘m) va Toyloq (407 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Samarqand shahri (29 mlrd. so‘m) va Kattaqo‘rg‘on shahrini (38 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin.
Viloyat ko‘rsatkichidan yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand shahri (104.4 %) Oqdaryo, (103.6 %) Nurobod (102,9%), Narpay,(102,4 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati