22/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston qiymati 335 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 5 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

 

  • meva va rezavorlar – 61 ming tonna
  • quritilgan meva va rezavorlar – 17,6 ming tonna
  • sabzavotlar – 498 ming tonna
  • karam – 127,8 ming tonna
  • pomidor – 41,4 ming tonna
  • uzum – 10,1 ming tonna
  • mayiz – 32,8 ming tonna
  • yeryong‘oq – 9,4 ming tonna
  • tarvuz-qovun – 4,1 ming tonna

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech