05/08/2022

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 16,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

 

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 12 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 45 ming tonnaga oshgan.

 2022-yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 39,2 ming tonna

Rossiya – 15,1 ming tonna

Qirg‘iziston R. – 11,1 ming tonna

Belarus – 1,1 ming tonna

Tojikiston – 624 tonna

Latviya – 448 tonna

Mongoliya – 157 tonna

Ukraina – 43 tonna

Polsha – 19,4 tonna

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech