2022- yilning yanvar - iyul oylarida Samarqand viloyatida jami 4689,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar - iyul oylariga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Amalga oshirilgan qurilish ishlari mulkchilik shakli, davlat va nodavlat bo‘lgan korxona va tashkilotlar tarkibi bo‘yicha bo‘linadi.
Axborot markazi