2022- yil 1- iyul holatiga ko‘ra qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan jami korxona va tashkilotlar soni 3,6 mingta, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni esa,3,4mingtani tashkil etib, o‘tgan 2021- yilning mos davriga nisbatan 124 taga ko‘paygan.
2022- yilning yanvar-iyul oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fuqarolik obyektlarini qurilishi ishlari hajmi 281,9 % ni tashkil qilib (jami qurilishdagi ulushi 67,6 %) ni tashkil qildi. Bu qurilish sohasida korxona va tashkilotlar sonining ko‘payishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.
Fuqarolik obyektlarini qurilishi bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori ulushi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-iyul oylaridagi jami qurilish ko‘rsatkichiga nisbatan 46,3 foizni tashkil etdi
Axborot xizmati