Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning 7 oyida xorijga qiymati 50 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 53,4 ming tonna shaftoli eksport qilgan.
Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 16 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 45,5 ming tonna
Qirg‘iz R. – 4,6 ming tonna
Qozog‘iston – 2,7 ming tonna
Turkmaniston – 412 tonna
Belarus – 241 tonna
Mongoliya – 7,1 tonna
BAA – 4 tonna
Axborot xizmati