Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze 2022-yil 23–25-avgust kunlari mamlakatimizda sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari bilan taninish maqsadida tashrif buyurdi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze joriy yilning 24-avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida boʻlib, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida bevosita ishtirok etdi.
– “Men respondentlar bilan intervyu jarayonida qatnashdim va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlari bilan tanishdim va aytishim mumkinki, umumiy tashkiliy ishlar yuqori darajada tashkil etilgan. Ishlarni bosqichma-bosqich tashkil etish yaxshi yo’lga qo’yilgan. Har bir bosqichdagi jarayonlar oqilona va juda yaxshi taqsimlangan.
Ko'rinib turibdiki, katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bir nechta suhbat jarayonlarini kuzatdim. Menimcha, yaxshi va muammosiz o'tdi.
Usbhu tashrifdan maqsad – qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlarini bevosita kuzatib, yakunda o’zimizning taklif va tavsiyalarimizni beramiz” – deydi suhbat jarayonlarini kuzatgan Georgiy Kvinikadze.
Shuni alohida takidlash joizki, mamlakatimizda ilk bor 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatning Parkent va Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish oʻtkazilmoqda.
Eslatib o’tamiz: Georgiy Kvinikadze 23- avgust kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida qishloq xo’jaligi sohasida sinov tariqasida o’tkazilayotgan ro’yxatga olish jarayonlari bilan tanishgan edi.
Axborot xizmati