Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-iyul oylari yakuniga ko‘ra, 4 452,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-iyul oylariga nisbatan 114,1 foizni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 75,0 foizni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Kattaqo‘rg‘on shahri (97,3 %) va Urgut (100,0 %), Payariq (100,0 %), Oqdaryo (100,0 %), Nurobod (99,6 %), Ishtixon (100,0 %), Narpay (98,8 %) tumanlarida bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulung‘ur (25,6 %) va Pastdarg‘om (73,9 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati