Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 9 009,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 119,6 foizni, uning jami sanoatdagi ulushi 59,4 foizni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari:
2021- yil, yanvar-iyul – 38,5 %
2022- yil, yanvar-yil – 35,8 %
Nooziq-ovqat mahsulotlari:
2021- yil, yanvar-iyul – 61,5 %
2022- yil, yanvar-yil – 64,2 %
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida vino va aroq mahsulotlari va pivo 1,2 foiz (2021- yil yanvar-iyull oylarida 1,5 %)ni tashkil etdi.
Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat jami hajmidagi eng yuqori ulushi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelib 41,0 fozini, Tayloq tumani 10,2 foizni, Urgut tumani 11,2 foizni, Samarqand tumani 8,5 foizni, hamda Jomboy tumani 7,9 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat o‘sish sur’ati (119,6 %) darajasidan yuqori ko‘rsatkich Paxtachi tumanida (156,7 %) hamda Tayloq tumanida (168,3 %) qayd etildi.
Axborot xizmati