Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 5 713,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 37,7 foizni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Bulung’ur tumanida (100,0 %), Qo’shrobot tumanida (100,0 %), Kattaqo’rg’on shahrida (96,4 %), Oqdaryo tumanida (95,0 %), Kattaqo’rg’on tumanida (81,6 %) tashkil etdi.
Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Narpay tumanida(17,8 %), Paxtachi (28,3 %), Ishtixon (30,4 %), Tayloq (32,7 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining kamligini, mazkur hududlarda joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.
Axborot xizmati