2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan jami korxona va tashkilotlar soni 3,6 mingta, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni esa, 3,4 mingtani tashkil etib, o‘tgan 2021- yilning mos davriga nisbatan 120 taga ko‘paygan.
2022- yilning yanvar-avgust oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fuqarolik obyektlarini qurilishi ishlari hajmi 288,6 % ni tashkil qilib (jami qurilishdagi ulushi 68,3 %) ni tashkil qildi. Bu qurilish sohasida korxona va tashkilotlar sonining ko‘payishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.
Fuqarolik obyektlarini qurilishi bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori ulushi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar-avgust oylaridagi jami qurilish ko‘rsatkichiga nisbatan 47,8 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati