19/10/2022

2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan jami korxona va tashkilotlar soni  3,6 mingta, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni esa, 3,4 mingtani tashkil etib, o‘tgan 2021- yilning mos davriga nisbatan 100 taga ko‘paygan.

 

 

2022- yilning yanvar- sentabr oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fuqarolik obyektlarini qurilish ishlari hajmi 298,4 foizni tashkil qilib (jami qurilishdagi ulushi 68,4 %) ni tashkil qildi. Bu qurilish sohasida korxona va tashkilotlar sonining ko‘payishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qildi.

Fuqarolik obyektlarini qurilishi bo‘yicha qurilish ishlarining eng yuqori ulushi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelib, 2021- yilning yanvar- sentabr oylaridagi jami qurilish ko‘rsatkichiga nisbatan 70,8 foizni  tashkil etdi.

 

Axborot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech