Joriy yilning 18-noyabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida xalqaro ekspert, professor Polyakova Tatyana Mixaylovna boshchiligida “Statistika sohasida kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi” mavzusida xorijlik ekspertlar ishtirokida seminar oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respblikasi Prezidentining “Тurizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati vakillari, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi hamda viloyat hokimiyati xodimlari qatnashdi.
Tadbir davomida ekspertlar tomonidan CISSTATda 1994-yildan boshlab statistika uchun AKTning rivojlanish tarixi, MDH maʼlumotlar bazasining birinchi elektron nashri, MDH Statistika qoʻmitasi mamlakatlari nashrlarida kompyuter grafikasini joriy etish, zamonaviy tendensiyalar, infografika - sayt konvertatsiyasi, maʼlumot hamda axborotni idrok etishni oshirish vositasi ekanligi, turli sohalarning maʼlumotlar integratsiyasi tendensiyalari (BigData), Buyumlar interneti (IoT) bozori va maʼlumotlarini integratsiyalash tendensiyalari, barqaror rivojlanish uchun statistikaning muammolari haqida kerakli maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, sunʼiy intelekt sohasining rivojlanishi masalalariga toʻxtalib, biznesning turli sohalarida sunʼiy intellekt algoritmlarini joriy etish istiqbollari, sunʼiy intellektning turli modellari va xizmatlaridan foydalanish, turli biznes jarayonlarida neyron tarmoqlardan foydalanishning ijobiy va salbiy oqibatlari, texnologik sikllarda mashina algoritmlarini qoʻllash samaradorligi, sunʼiy intellekt tizimlarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirildi.
Axborot xizmati