18/11/2022

    Kun tartibidagi yig‘ilishda Davlat statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Z.Abduxamidov so‘zga chiqib, Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq mavzusida ma’ruza qildi.

    O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini doimiy ravishda o‘rganish yuzasidan ham axboroti eshitildi.

    Davlat statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, ta’magirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga qat’iy chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi, korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmasligini ma’lumot o‘rnida ta’kidlab o‘tdi.

    Shuningdek, 2022- yil yakuni bilan qabul qilinadigan statistika hisobotlari shakllarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida barcha tizim xodimlarini qattiq ogohlantirib o‘tdi va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlarni belgilab berdi.

 

 

    Statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz Davlat statistika idoralariga taklif qilish, to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda sansalorlik, ta’magirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha korrupsiya holatlari haqida to‘xtalib, “Siz korrupsiyani to‘xtata olasiz!”, “Korrupsiya barqaror rivojlanish uchun to‘siq”, “Korrupsiyaga to‘qnashdingmi qo‘ng‘iroq qil” va “Unutmang, korrupsiyadan har birimiz jabr ko‘ramiz” mazmunida tayyorlangan bukletlarni aholi va tadbirkorlik subyektlari vakillariga doimiy ravishda tarqatilib borilishini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

    Bugungi kunda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularni oldini olish borasida hamkor tashkilotlar singari statistika organlari ham qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bilan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklarni oldini olishda tizimli ishlarni amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati

 

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech