Viloyat bo‘yicha, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 20 778,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 11,1 foizga oshdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 4 267,4 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 114,0 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 14 847,3 mlrd. so‘mni (o‘sish sur’ati 110,9 %), uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 663,4 mlrd. so‘m (o‘sish sur’ati 105,4 %)ni tashkil etdi.
Chakana savdo aylanmasi tarkibi, foizda
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari – 71,5 foiz
- Yirik korxonalar – 20,5 foiz
- Uyushmagan savso – 8,0 foiz
Axborot xizmati