Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 27,3 mln. АQSh dollariga teng 45,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.
Xurmo eksporti 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p xurmo eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 26,2 ming tonna
- Qozog֥‘iston – 15,3 ming tonna
- Qirg‘iziston R. – 2 ming tonna
- Turkmaniston – 1,3 ming tonna
- Belarusiya R. – 776 tonna
- Polsha – 43 tonna
Axborot xizmati