Joriy yilning 22-dekabr kuni Oqdaryo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari boshchiligida statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Mahalla fuqarolar yig‘inlarining raislari uchun “2-Dx shaklli” statistik hisobotni tuzish va taqdim qilish yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminarda tuman iqtisodiyot, statistika, qishloq xo‘jaligi bo‘limlari, buxgalteriya markazi mas’ul xodimlari, hokim yordamchilari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdi.
Axborot xizmati