27/01/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

    2023- yilning 27- yanvar kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

 

   

 

    Jumladan, Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmati intizomi Kodeksi mazmun-mohiyati

    “Mutolaa vaqti” rukni: "Davlat boshqaruvi san’ati: O‘zgarayotgan dunyo uchun strategiyalar", Margaret Tetcher

 

 

    Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma'lumot berildi.

 

 

    Shuningdek, o‘quv soati davomida hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekiston va xorijda yuz berayotgan  muhim jarayonlarga xodimlar ko‘nikmasini shakllantirish, ularni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

 

 

    Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022- yil 30- dekabr kuni “Ma’muriy islohatlarni amalga oshirish, Hukumat tarkibi va ish tizimini o‘zgartirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalari bo‘yicha 2023- yildagi eng muhim vazifalar yuzasidan” o‘tkazilgan yig‘ilish tafsilotlari haqida boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyevning ma’ruzasi tinglandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech