Dastlabki ma’lumotlaga ko‘ra 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 29 373,7 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi¹ 109,0 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 96,1 % ni tashkil etdi.
¹Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining taqqoslanadigan davrlardagi o‘zgarishini tavsiflovchi nisbiy ko‘rsatkichdir.
Axborot xizmati