Aholini ro‘yxatga olish orqali faqat aholi haqidagi ma‘lumotlarni emas, balki mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tarkiblari haqida ma‘lumotlarni olishga muvaffaq bo‘linadi. Aholini ro‘yxatga olish savolnomasida faqat demografik ma’lumotlarni yig‘ish bilan chegaralanib qolmaydi. Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish savolnomasi aholi soni, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikoh holati, bandligi kabi bir qator ko‘rsatkichlardan tashqari yashash sharoiti, daromadlar manbai va boshqa tavsiflari haqida ma’lumot olishning yagona manbai hamdir. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish umuman o‘tkazilmagan bo‘lib, mazkur tadbir ilk marotaba o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish belgilangan.
Аholini ro‘yxatga olish tadbirini belgilangan muddatda, aniq reja-jadval asosida o‘tkazsagina ko‘zlangan maqsadga erishishimiz mumkin. Yaʼniy;
- Maʼmuriy-hududiy birliklar kesimida viloyat, tuman, shahar, shaharcha va qishloqlardagi aniq aholi sonini;
- Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishda sohalar bo‘yicha manzilli dasturlarni tayyorlanishi;
- Jon boshiga yalpi hududiy va yalpi ichki mahsulot hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘satkichlarni shakillantirish uchun;
- Ilmiy izlanishlarda foydalanish;
- Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha indikatorlarning shakillanishi;
- Xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini oshirish;
- Demografik holatlar, aholini yoshi, jinsi, millati, kam sonli millatlar, maʼlumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflarni aniqlash;
- Аholi demografiyasining aniq hisobi va kelajak prognozini ishlab chiqish;
- Byudjet daromadi va xarajatlarining aniq shakillantirilishiga erishish;
- Maʼmuriy hududiy birliklar bo‘yicha mavjud uy-joy fondi va uning tavsiflarini aniqlash;
- Investitsion jozibadorlikni oshirish;
- Uzoq, borishi qiyin bo‘lgan va chegaradosh hamda chegaradan tashqari hududlar ijtimoiy-iqtisodiy holatini maʼlumotlarini aniq hisobini shakillanishiga erishgan bo‘lamiz.
Axborot xizmati