2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 2 384,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 464,0 mln. AQSh dollariga yoki 24,2 % ga koʻpaydi.
TSA da eksport hajmi 656,1 mln. AQSh dollariga (23,4 %ga koʻpaydi) va import hajmi 1 728,4 mln. AQSh dollariga (24,5 %ga koʻpaydi) yetdi. Hisobot davrida – -1 072,3 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Axborot xizmati