Tahliliy natijalarga ko‘ra, chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ulushi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahri (99,9 %), Kattaqo‘rg‘on (99,2 %), Ishtixon (99,3 %), Payariq (99,2 %), Oqdaryo (99,1 %) va Nurobod (98,9 %) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 19,9 %ni tashkil etib, eng katta ulush Samarqand shahrida (43,1 %) va Samarqand (19,0 %), Toyloq (13,8 %), Jomboy (9,1 %), Pastdarg‘om (3,5 %), Bulung‘ur (3,2 %), Urgut (1,5 %) tumanlarida kuzatildi.
Axborot xizmati