15/02/2023

    Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 11 262,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 38,3 % ni tashkil etdi.

   Shahar va tumanlar kesimida kichik biznesning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi eng yuqori ulushi Qo‘shrobot tumanida (100,0 %), Bulung‘ur tumanida (99,5 %), Kattaqo‘rg‘on shahrida (96,2 %), Oqdaryo tumanida (90,9 %), Kattaqo‘rg‘on tumanida (79,1 %) tashkil etdi.

   Viloyatimizda shahar va tumanlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi tahlili shuni ko‘rsatdiki, Narpay tumanida (18,3 %), Tayloq (29,1 %), Paxtachi (32,2 %), Ishtixon (34,0 %) tumanlarida sanoat ishlab chiqarish hajmlaridagi kichik biznes subyektlari ulushining  kamligini, mazkur  hududlarda  joylashgan yirik sanoat korxonalarining ishlab chiqarish hajmlari yuqori ekanligi bilan izohlash mumkin.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech