16/02/2023

    Kattaqo‘rg‘on shahrida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov rahbarligida Kattaqo‘rg‘on shahrining dehqon bozorida intervyuyer U.Baxtiyorov tomonidan 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda intervyuyer tomonidan, bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar uchun ajratilgan savdo joylari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotdan tushgan tushum kabi ma’lumotlar planshet qurilmasiga joyida kiritildi.

    O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech