17/02/2023

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Samarqand viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

  

 

    2023- yilning 17- fevral kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

 

 

    Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturi”ning mazmun-mohiyati. Bir chimdim ma’naviyat rukni

    Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma'lumot berildi.

 

 

    Siyosiy-ma’rifiy soat davomida yig‘ilish qatnashchilari uchun boshqarmaning Axborot xizmati bosh mutaxassisi F. Eshonkulovning, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish” boʻyicha 2023-yil uchun “YOʻL XARITASI”da belgilab berilgan vazifalar va ularning ijrosi yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech