2023- yilning 17-fevral kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z. Ergashev Samarqand viloyati Oqdaryo tumani “Loyish” mahalla fuqarolar yig‘inining raisi bilan hamkorlikda joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borishdi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, kelgusida mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilib olindi.
Axborot xizmati