Joriy yilning 24- fevral kuni Samarqand viloyati statistikasi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari T. Sidikov Oqdaryo tumanida 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, T. Sidikov intervyuyerlar tomonidan o‘tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.
Axborot xizmati