24/02/2023

    Bugungi kunda korrupsiya illatiga qarshi kurash borasida viloyat statistika boshqarmasi tizimida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan boshqarmada xodimlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda bu haqda atroflicha soʻz yuritildi.

 

 

    Kun tartibidagi ochiq muloqotda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i  Sh. Abdiyev so‘zga chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Samarqand viloyati statistika boshqarmasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

   Jumladan, Korrupsiya – nafaqat inson huquqlari buzilishiga, balki xavfsizlikka tahdid soluvchi uyushgan jinoyatchilikning rivojlanishiga ham sharoit yaratuvchi xavfli jinoyat sanalganligi uchun ham uni hozirda jamiyatimiz oldida turgan eng katta tahdid sifatida baholash mumkin.
    2017- yil 3- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganidan so‘ng respublikada korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi davri boshlandi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tuzilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

    Kun tartibidagi ochiq muloqot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech