Samarqand viloyati statistika boshqarmasining Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi hamda Nurobod tuman statistika bo‘limi tomonidan Nurobod tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Kun tartibidagi o‘quv-seminarda Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshlig‘i Z.Davronov so‘zga chiqib, 4-dx shakli (choraklik) dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobotni taqdim etish muddatlari va elektron raqamli imzodan foydalangan holda hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay yuborish to‘g‘risida o‘quv-seminar qatnashchilariga batafsil tushuntirish berdi.
Axborot xizmati