27/02/2023

    Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 11 629,4 ming tonna sut sogʻib olindi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,2 % ni tashkil etdi.

    Sogʻib olingan sut umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (11,9 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,0 %) va Fargʻona (9,5 %) viloyatlarida ham sogʻib olingan sutning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech