2023- yilning yanvar oyida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 31,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qurilish ishlari 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan 50,2 % ni tashkil qilib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 12,3 % ni tashkil qildi.
Ma’lumot uchun: yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulush Toyloq tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 84,9 % i), Pastdarg‘om tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 7,6 % i), Samarqand shahri 3,4 % va Samarqand 0,8 % tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati