Korrupsiya – illat, undan ogoh bo‘ling!
Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Korrupsiya – illat, undan ogoh bo‘ling” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tizimda korrupsion holatlarga keskin kurashish va barcha huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida yig‘ilganlarga axborot berildi.
Shuningdek, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, sobiq xodimlar bilan ish yuzasidan aloqalarni kamaytirish, ustoz-shogird tizimida yuzaga kelgan nosog‘lom muhitni bartaraf etish, xodimlarni ishga olishdagi bir qator kamchiliklar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022- yil 14- oktabrdagi 595-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Axborot xizmati