Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga asosan, 2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 51 566 tani tashkil etgan holda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 271 taga oshib, o‘sish sur’ati 109,0 foizni tashkil etdi.
1- fevral holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
2018- yil – 21 275 ta
2019- yil – 26 114 ta
2020- yil – 32 130 ta
2021- yil – 39 473 ta
2022- yil – 47 295 ta
2023- yil – 51 566 ta
Axborot xizmati