Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 45 927 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.
Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar sonini 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 32 158 nafarga koʻpaygan.
Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni:
— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 13 769 nafar
— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 21 042 nafar
— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 26 970 nafar
— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 30 553 nafar
— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 45 927 nafar
Axborot xizmati