Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston 30 ta xorijiy davlatlarga qiymati 6,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,5 ming tonna mayiz eksport qilgan.
Mayiz eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 464 tonnaga oshgan.
Yanvar oyida Oʻzbekiston eng koʻp mayiz eksport qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 3,4 ming tonna
— Rossiya – 910 tonna
— Xitoy – 511 tonna
— BAA – 454 tonna
— Turkiya – 386 tonna
— Eron – 299 tonna
— Belarus – 192 tonna
— Ozarbayjon – 121 tonna
Axborot xizmati