Joriy yilning 23-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Samarqand shahar statistika bo‘limi mutaxassislari birgalikda Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozori hududida joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarda 4-Savdo (YaTT) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida mahsulotlarining narxi, tadbirkorlar uchun ajratilgan savdo joylari, bir kunlik sotilgan mahsulot miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.
O‘tkazilayotgan kuzatuvlarni o‘tkazish davrida intervyuerga yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida kuzatuvlarni o‘kazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakli yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati