28/03/2023

    Joriy yilning 28- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi “Aholi turmish darajasi va kuzatuvlari statistikasi” boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R. O‘razboyev hamda Samarqand viloyati statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

    Tadbirda so‘zga chiqqan R. O‘razboyev, kuzatuv dasturi asosida uy xo‘jaliklarining kuzatuvlarini o‘tkazishdan maqsad, kuzatuv o‘tkazish tartibi, qoidalari, kuzatuv o‘tkazish jarayonida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi to‘g‘risida keng qamrovli tushuncha berib o‘tdi.

 

 

    Shuningdek, yig‘ilish mobaynida ma’ruzachi, uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantirilishiga to‘xtalib o‘tdi.

    Qiziqarli o‘tkazilgan tadbirda suhbat davomida boshqarma xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda mavzu to‘liqroq yoritib o‘tildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech