29/03/2023

Joriy yilning 29-mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda referendum o‘tkazish tartibi” bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirga boshqarma rahbariyati, xodimlari hamda onlayn tarzda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi rahbar o‘rinbosari N. Qudratov ishtirok etdi.

 

 

 

Targ‘ibot tadbirini boshqarma boshlig‘i Sh. Abdiyev ochib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek, referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi

 

 

Tadbirda so‘zga chiqqan N. Qudratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ularning mazmun mohiyati, 2023-yilning 30- aprel kuni o‘tkazishi rejalashtirilayotgan referendumda ishtirok etish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tdi.

 

 

 

Yangilanayotgan Konstitutsiya–yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi.

 

 

 

Konstitutsiyaviy islohot–bugunning talabi, ertaning kafolati!

Shuningdek,  ma’ruzachi o‘z nutqida Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar xalq manfaatiga, inson qadriga qaratilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

 

  Qiziqarli o‘tkazilgan tadbir yakunida boshqarma xodimlari tomonidan berilgan savollarga N. Qudratov tomonidan tegishli javoblar olindi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech