29/03/2023

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/23-oʻquv yili boshiga faoliyat yuritayotgan 194 ta nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida jami 5 014 nafar oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

 Nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni 2018/2019 oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3 381 nafarga yoki 3,1 barobarga koʻpaygan. 

  

 Yillar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning umumiy soni:   

    

— 2018/2019-oʻquv yili boshiga – 1 633 kishi 

   

— 2019/2020-oʻquv yili boshiga – 2 353 kishi   

   

— 2020/2021-oʻquv yili boshiga – 2 859 kishi   

   

— 2021/2022-oʻquv yili boshiga – 3 578 kishi  

   

— 2022/2023-oʻquv yili boshiga – 5 014 kishi

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech