Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 30,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37,9 ming tonna polietilen eksport qilgan.
Polietilen eksporti hajmi oʻtgan 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 ming tonnaga kamaygan.
2023-yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekiston eng koʻp polietilen eksport qilgan davlatlar:
Turkiya – 18,9 ming tonna
Xitoy – 5,8 ming tonna
Latviya – 4,8 ming tonna
Rossiya – 3,7 ming tonna
Qozogʻiston – 2 ming tonna
Buyuk Britaniya – 907,5 tonna
Gruziya – 616 tonna
Niderlandiya – 433 tonna
Portugaliya – 371,3 tonna
Axborot xizmati